Jismoniy tarbiya va sport vazirligining anjumanlar zalida O`zbekiston voleybol federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo`lib o`tdi. Unda vazirlik mutasaddilari hamda federasiyaning ijroqo`m a`zolari ishtirok etdi.
Tadbirga O`zbekiston voleybol federasiyasining 11 kishidan iborat ijroiya qo`mitasi a`zolaridan 9 nafari tashrif buyurgani va kvorum a`zolari sonining etarli ekani Konferensiyaning qonuniy ravishda o`tganini anglatadi.
Mazkur konferensiya kun tartibidan o`rin olgan asosiy masala Federasiyaga yangi prezident saylash bo`ldi.
Shu kungacha federasiya prezidenti lavozimi vakant bo`lib turganligi sababli O`zbekiston voleybol federasiyasi bosh kotibi Daniyar Burnashev ushbu lavozimga Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiev nomzodini ilgari surdi. Ovoz berish jarayonida nomzod bir ovozdan ma`qullandi hamda Dilmurod Hamidullaevich O`zbekiston voleybol federasiyasining prezidenti etib saylandi.







