Bugun, 2019 yil 1 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.Yo`ldoshev tomonidan videokonferensiya aloqa orqali fuqarolarning qabuli o`tkazildi.
Qabulda 18 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinib, ularning murojaati tinglandi (murojaatlarning 8 tasi sud masalalariga, 5 tasi prokuratura va 2 tasi ichki ishlar organlari tergovi va tergovga qadar tekshiruviga, 3 tasi ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi boshqa masalalalarga oid).
Bosh prokuratura tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish hamda murojaatlarini ko`rib chiqish borasida ishlar davom ettirilmoqda.
Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish Bosh prokuraturada Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.






