“Ma`naviyat fidoyisi” ko`krak nishonini ta`sis etish to`g`risida Hukumat qarori (897-son, 30.10.2019 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, “Ma`naviyat fidoyisi” ko`krak nishoni O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayrami arafasida topshiriladi.
Ko`krak nishoni bilan mukofotlash Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazining qarori asosida amalga oshiriladi.Qaror bilan “Ma`naviyat fidoyisi” ko`krak nishoni to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko`ra, ko`krak nishoni bilan respublikada ma`naviy-ma`rifiy ishlarni amalga oshirish, yuksak ijtimoiy-ma`naviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgan va samarali natijalarga erishgan fuqarolar taqdirlanadi.
Davlat organlari, tashkilotlar va jamoat birlashmalari ko`krak nishoni bilan taqdirlash bo`yicha takliflarni har yili 1 iyunga qadar tegishlicha Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi hamda uning hududiy bo`limlariga taqdim etadi.
Markaz rahbarining ko`krak nishoni bilan taqdirlash to`g`risidagi buyrug`i har yili 25 avgustga qadar takliflarni ko`rib chiqish bo`yicha tashkil etilgan komissiya xulosasi asosida chiqariladi.






