Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi va uning hududiy idoralari tomonidan 2019 yilning 9 oyi davomida jami 4 mln. 607 ming 34 ta yo`l harakati qoidabuzarligi, jumladan 2 mln. 55 ming 254 ta qo`pol qoidabuzarlik, 25120 nafar mast haydovchi, 252 072 nafar qoidabuzar piyodalar aniqlandi. Ana shu va yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash tizimida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mavzusida IIV Axborot xizmati tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi...
Ma`lumot o`rnida:
O`tgan 9 oylik davrda 19 436 ta transport vositasini boshqarish vaqtida uyali telefondan foydalanish, 779 909 ta xavfsizlik kamaridan taqmagan holda transport vositasini boshqarish, 628 ta monitordan foydalanish yoki o`zboshimchalik bilan o`rnatish, 41 179 ta transport vositasini sug`urta polisisiz boshqarish qoidabuzarliklari aniqlandi.
Shuningdek quyidagi faktlarga ham e`tibor bering:
- 18 422 nafar huquqbuzarga nisbatan rasmiylashtirilgan ma`muriy hujjatlar tegishli choralar ko`rish uchun sud idoralariga yuborilib, ularning 8 492 nafari (46,1 foizi) transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan.
- 12 778 nafar transport vositasini mast holda boshqargan haydovchilarga nisbatan rasmiylashtirilgan ma`muriy hujjatlar sud idoralariga yuborilib, ularning 8 639 nafari (67,6 foiz) transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etildi hamda 795 nafariga ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.
- Bolalar ishtirokidagi yo`l-transport hodisalari soni 876 taga, haydovchilar aybi bilan sodir etilgan YTHlari 4 567 taga, mast holdagi haydovchilar aybi bilan sodir etilgan YTHlari 91 taga, piyodalar ishtirokidagi yo`l-transport hodisalari 2 544 taga kamaydi.
Tadbir davomida OAV vakillari o`zlarini qiziqtirgan bir qator savollar bilan soha mutaxassislariga murojaat qildi. Eng qiziqarli savol-javoblarni albatta e`lon qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting...






