AsosiyJamiyat

G`afur G`ulom bog`i va Ekoparkka millionlab dollar investisiya kiritiladi

'G`afur G`ulom bog`i va Ekoparkka millionlab dollar investisiya kiritiladi'ning rasmi

Toshkentdagi to`rtta madaniyat va istirohat bog`iga jami 20 million dollar miqdorida investisiya kiritish bo`yicha tender hujjatlari tayyorlanmoqda. Bu haqda O`zbekiston madaniyat vaziri Kamola Oqilova ma`lum qilgan.

Keltirilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 iyuldagi qarorida davlat-xususiy sheriklik asosida berilishi mumkin bo`lgan 37 ta madaniyat va istirohat bog`i ko`rsatib o`tilgan bo`lib, hozir ulardan 15 tasini tadbirkorlarga berish bo`yicha ish olib borilmoqda.

Xususan, Toshkentning Chilonzor tumanidagi G`afur G`ulom nomidagi bog`, Yakkasaroy tumanidagi «Do`stlik» bog`i, Mirzo Ulug`bek tumanidagi Ekoparkda amalga oshirish uchun taqdim etilgan loyihalarga doir 20 million dollar investisiya kiritish bo`yicha tender hujjatlari tayyorlanmoqda.

Mahalliy tadbirkorlar tomonidan 11 ta bog`da jami 36,2 milliard so`mlik loyihalarni amalga oshirish bo`yicha Madaniyat vazirligiga vazirligiga takliflar kiritilgan. Xususan, Andijonda 2 ta (7,2 milliard so`m), Surxondaryoda bitta (4,7 milliard so`m), Samarqandda 2 ta (6 million dollar), Farg`onada 6 ta (18,3 milliard so`m) loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Boshqa yangiliklar