AsosiyJamiyat

Istanbul-Buxoro yo`nalishidagi ilk charter reys muvaffaqiyatli amalga oshirildi

'Istanbul-Buxoro yo`nalishidagi ilk charter reys muvaffaqiyatli amalga oshirildi'ning rasmi

31 oktyabr kuni erta tongda Turkiyaning «Atlasglobal Airlines» aviakompaniyasiga qarashli “Airbus-321” samolyoti Istanbul-Buxoro yo`nalishidagi ilk charter reysni amalga oshirdi. 

Turkiyaning «Atlasglobal Airlines» aviakompaniyasi tomonidan  O`zbekistonning «Grand Atlas Discovery» kompaniyasi  ko`magida yo`lga qo`yilgan Istanbul-Buxoro birinchi charter reysi Buxoro xalqaro aeroportida viloyat hokimligining qator mutasaddi tashkilotlari vakillari tomonidan tantanali ravishda kutib olindi. 

Charter reysning ilk yo`lovchilari turkiyalik jurnalist, bloger, turistik firmalar rahbarlari va xodimlari, shuningdek, qator din arboblari va olimlarini o`zida jamlagan. 

Turkiyadan qariyb 25 nafar turoperator va 100 ga yaqin mehmon bilan Istanbul-Buxoro birinchi charter reysida parvozni amalga oshirdi.

Ayni damda, turkiyalik mehmonlar Buxoro viloyatining qadimiy hamda diqqatga sazovor maskanlari bo`ylab sayohat qilishmoqda. Navbatdagi charter reys 4 noyabr kuni Istanbul-Samarqand yo`nalishida amalga oshirilishi kutilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar