AsosiyJamiyat

Farg`ona viloyati axborot-kutubxona markazi – respublika tanlovi g`olibi

'Farg`ona viloyati axborot-kutubxona markazi – respublika tanlovi g`olibi'ning rasmi

Infolib Uzbekistan-2019 VIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O`zbekiston Milliy kutubxonasida «Axborot-kutubxona tahlili» tanlovi g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. 

Tanlov natijalariga ko`ra, Farg`ona viloyati axborot-kutubxona markazi 1-o`rinni qo`lga kiritdi va kitob sotib olish uchun 60 million so`mlik sertifikat bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarining rahbar va mutaxassislari ishtirok etdi.

Ma`lum qilinishicha, tanlov 6 oy mobaynida bosqichma-bosqich o`tkazilgan. Unda ishtirokchilarga hududiy axborot-kutubxona muassasalari faoliyatining muhim yo`nalishlarini ko`rsatish va aholining barcha qatlamlarini axborot-kutubxona xizmati bilan qamrab olish hamda faoliyatining istiqbolli yo`nalishlarini belgilash, axborot kommunikasiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini faollashtirish, yangi axborot-kutubxona xizmatlari turlarini joriy qilishga ko`maklashish, mutaxassislarining kasbiy salohiyatini oshirish, soha rivoji uchun ishlab chiqilgan, tatbiq etilgan va amaliy ahamiyatga ega innovasion loyihalarni kutubxonalarga joriy qilish, axborot-kutubxona faoliyatidagi muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish yo`llari bo`yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatining asosiy va istiqbolli yo`nalishlarini belgilash kabi vazifalar belgilab berilgan.

    Boshqa yangiliklar