AsosiyJinoyat

Qamashilik erkak xotinini bolta bilan urib o`ldirdi

'Qamashilik erkak xotinini bolta bilan urib o`ldirdi'ning rasmi

Qashqadaryoda er-xotinning janjali 28 yoshli ayolning o`limi bilan yakun topdi. Bu haqida darakchi.uz’ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma`lum qildi.

Unga ko`ra, joriy yil 29 oktyabr kuni soat 00.30larda Qashqadyo viloyati Qamashi tumani O`rtadara mahallasida yashovchi fuqaro Z.B. turmush o`rtog`i D.G`. bilan o`zaro janjallashib qoladi. 

Vaziyat jiddiy tus olib erkak bolta bilan xotinining bosh miya va ko`krak qafasiga bir necha marotaba urib, qasddan o`ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Z.B.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. U prosessual tartibda ushlangan.

    Boshqa yangiliklar