Bu haqida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining rasmiy kanali xabar bermoqda.
Media-makazning umumiy qiymati 1,6 mln. AQSh dollarini tashkil etib, uning asosiy maqsadi ta`lim tizimida eng so`nggi zamonaviy texnologiyalarni qo`llash, talabalarga nafaqat nazariy bilimlar berish, balki amaliy ko`nikmalarni rivojlantirish, bu orqali esa yuqori tajribaga ega bo`lgan mutaxassislarni tayyorlashdir.
Media o`quv markazida texnik qurilmalarni etkazib berish va o`rnatish ishlari Yaponiyaning Marubeni kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Markazda TV dasturlarni syomka qilish, audio-video studiya, raqamli fotostudiya, video montaj, audio yozish qurilmalari o`rnatilgan.






