Kuni kecha Qozog`istonning Chimkent shahrida bo`lib o`tgan xalqaro anjumanda qatnashgan “Ipak yo`li” turizm xalqaro universitetining rivojlantirish va strategik masalalar bo`yicha birinchi prorektori A.Akbarov Malayziyaning Putra universiteti bilan hamkorlikda qo`shma IT (axborot texnologiyalari) fakulteti tashkil qilish to`g`risida kelishuv imzoladi.
Shuningdek, Osiyoning etakchi oliy ta`lim muassasasi sanalmish Silkway International University (Qozog`iston), Middle East University (Iordaniya) va University Putra Malaysia (Malayziya) universitetlari bilan hamkorlikdagi TRIPLE DEGREE dasturi tasdiqlandi.
Ushbu kelishuv “Ipak yo`li” turizm xalqaro universiteti talabalariga to`rt yil ichida birato`la uchta bakalavr diplomi va ma`lum mutaxassislik bo`yicha professional sertifikat olish imkonini beradi, deb xabar bermoqda universitet axborot xizmati.






