AsosiySiyosat

OTMlar pedagoglari tegishli yo`nalishlarda ilmiy faoliyat bilan shug`ullanishlari shart

'OTMlar pedagoglari tegishli yo`nalishlarda ilmiy faoliyat bilan shug`ullanishlari shart'ning rasmi

Prezident “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to`g`risida”gi Qonunni imzoladi.

Qonun bilan oliy ta`lim tizimi muassasalari, shuningdek bo`ysunuvida ilmiy tashkilotlar bo`lgan vazirlik, idoralar hamda tashkilotlar ham quyidagi ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi vakolatlarga ega bo`ldi:

➖ davlat ilmiy dasturlari, shuningdek xalqaro dasturlarni ishlab chiqishda qatnashadi va ularning bajarilishini ta`minlaydi;

➖ tegishli yo`nalishlar bo`yicha ilmiy darajali kadrlar tayyorlashni ta`minlaydi, ilmiy faoliyat yurituvchilarni rag`batlantirib boradi;

➖ ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtiradi va ular egalarini rag`batlantiradi, shuningdek yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish, ularning samarali ilmiy faoliyat yuritishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi va boshqalar;

Bundan tashqari, qonunning 17-moddasida oliy ta`lim muassasalarida ilmiy faoliyat yuritish tartiblari ham belgilandi. Unga ko`ra:  

👉 Oliy ta`lim muassasalarida ta`lim jarayoni bilan birga ilmiy faoliyat ham yuritiladi.

👉 Oliy ta`lim muassasalarining pedagog kadrlari tegishli yo`nalishlarda ilmiy faoliyat bilan shug`ullanishlari shart.

✅ Oliy ta`lim muassasalari:

👉 qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ilmiy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish bilan shug`ullanuvchi tashkilotlar, ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalanish markazlari va boshqa tashkilotlarni ta`sis etish, shuningdek noyob ilmiy ob`ektlarni tashkil etish;

👉 ilmiy faoliyatga milliy va xalqaro darajadagi etuk olimlar, ilmiy tashkilotlar vakillarini jalb etish, etakchi milliy va xorijiy ilmiy tashkilotlar hamda ta`lim muassasalarida amaliyot o`tashni tashkil qilish huquqlariga ega.

OTMlarning ilmiy salohiyatini oshirishga oliy ta`lim muassasalari, bo`ysunuvida oliy ta`lim muassasalari bo`lgan vazirlik, idora va tashkilotlar, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi mas`uldir.

Qonunga muvofiq, davlat ilmiy tashkilotlarida ilmiy faoliyat yurituvchi shaxslarga 48 ish kunidan iborat yillik haq to`lanadigan hamda moddiy yordamni ko`zda tutadigan mehnat ta`tili beriladi.

Qonundagi ilmiy faoliyat yurituvchilar uchun mehnat ta`tili nazarda tutilgan qoidalar 2020 yil 1 yanvardan e`tiboran amalga kiritiladi.

    Boshqa yangiliklar