AsosiySiyosat

“Adolat” SDP Toshkent shahar tashkilotining VIII hisobot-saylov konferensiyasi bo`lib o`tdi

'“Adolat” SDP Toshkent shahar tashkilotining VIII hisobot-saylov konferensiyasi bo`lib o`tdi'ning rasmi

Kuni kecha Toshkentda O`zbekiston “Adolat” SDP Toshkent shahar tashkilotining VIII hisobot-saylov konferensiyasi bo`lib o`tdi.

Unda “Adolat” SDP Toshkent shahar tashkilotining hisobot davrida partiyaning Saylovoldi dasturi ijrosini ta`minlashdagi faoliyati, taftish komissiyasi hisoboti tinglandi.

O`zbekiston “Adolat” SDP Kengash raisining Bahrom Valiev o`z ma`ruzasida konferensiya ishtirokchilariga hisobot davrida partiya a`zolari sonini oshirish, partiya mafkurasini targ`ib qilish, aholi o`rtasida partiyaviy pozisiyalarni ilgari surish, partiya faoliyatini yanada takomillashtirish borasida qator ijobiy ishlar qilinganligi bilan bir qatorda, hudud salohiyatidan yanada kengroq foydalanish imkoniyatlari mavjudligini qayd etdi.  

Ma`lum bo`lishicha, bugungi kunda saylovlarda munosib ishtirok etish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi 12 deputatlik o`rni uchun 120 dan ortiq partiya faollari ko`rib chiqildi va o`rganilgan. Bu jarayonda Toshkent shahar Kengashi deputatligi uchun 300 dan ortiq, tuman, shahar Kengashlari deputatligi uchun 1000 mingga yaqin nomzodlar shaklantirildi va ular bilan partiya rahbar kadrlarining suhbatlari tashkil etilib, partiya topshiriqlari berilib, ularning salohiyati o`rganilgan.

Bugungi kunda partiya Toshkent shahar tashkiloti o`z safiga 22 mingdan ziyod a`zoni birlashtirgan bo`lib, ulardan 370 nafari boshlang`ich partiya tashkilotlariga birlashgan.

Plenum ishtirokchilariga qarata O`zbekistondagi yangi saylov jarayoni partiya uchun katta sinov va mas`uliyat ekanligi, ushbu jarayonga barcha partiya a`zolarini va partiya tashkilotlarini jalb etish hamda 2014 yil natijalariga nisbatan yuqori natijalarga erishish zarurligi qayd etildi.

    Boshqa yangiliklar