“Vaqf” xayriya jamoat fondi tashkil etilganidan buyon bir qancha muhtoj, turli ofatlardan aziyat chekkan hamda boquvchisini yo`qotgan oilalarning uy-joyga ehtiyojini qondirish borasida ko`plab xayrli ishlarni homiylar ko`magida amalga oshirib kelmoqda.
Shunday xayrli ishlardan navbatdagisi Qashqadaryo viloyatida amalga oshirildi. Homiylar yordamida yangidan qurilgan X.Janonovaning xonadoniga Fond rahbari Iskandar Xalilov tashrif buyurib, ushbu oila a`zosi bo`lgan, kurash bo`yicha O`zbekiston chempioni, hozirgi vaqtda umurtqa pog`onasidagi jarohat tufayli nogironga bo`lib qolgan Sh.Berdievning holidan xabar oldi.
Fond tomonidan Sh.Berdievga nogironlik aravasi taqdim etildi. Uning haqqiga duoi xayr qilinib, muhtoj insonlar Fond va uning saxovatli homiylari ko`magi ostida ekanliklari qayd etildi, deya xabar beradi "Vaqf" xayriya jamoat fond Matbuot xizmati.






