Bu haqida "O`zbekiston temir yo`llari" AKning rasmiy sayti xabar bermoqda. Joriy yil 1 noyabrdan boshlab "O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ tomonidan 20% dan 30% gacha (chiptalarni sotib olish muddatlariga qarab) ichki yo`nalishidagi poezdlari uchun tarif narxiga chegirmalar o`rnatiladi.
Xususan, 060/059, 062/061-sonli "Toshkent – Andijon – Toshkent" yo`nalishidagi poezdlarda quyidagi miqdorlarda chegirmalar taqdim etiladi:
- poezd jo`nab ketishidan 2 – 5 kun oldin chipta sotib olinsa – 20%;
- poezd jo`nab ketishidan 6 – 45 kun oldin chipta sotib olinsa – 30%.
007/008-sonli "Toshkent – Shahrisabz – Toshkent" yo`nalishidagi poezdlarda quyidagi miqdorlarda chegirmalar taqdim etiladi:
- poezd jo`nab ketishidan 2 – 5 kun oldin chipta sotib olinsa – 20%;
- poezd jo`nab ketishidan 6 – 45 kun oldin chipta sotib olinsa – 30%.






