27 oktyabr kuni O`zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi binosida Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi vakillarining Yaponiyada istiqomat qilayotgan faol vatandoshlarimiz bilan do`stona uchrashuvi bo`lib o`tdi. Unda Yaponiyadagi O`zbekiston yoshlari assosiasiyasi a`zolari, Yaponiyaning “JTB”, “World Air-Sea Service”, “Peter Shinzo & Maya Iwata Family” kabi kompaniyalari vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida O`zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga qiziqish bildirayotgan vatandoshlarimiz bilan hamkorlik qilish masalalari, sayyohlarni mamlakatimizga jalb etish yo`llari va sohadagi muammolar haqida fikrlar almashildi hamda qator takliflar ilgari surildi. Xususan, turistlar ko`p tashrif buyuradigan joylarni sifatli hojatxona bilan ta`minlash, restoran va kafelarda yapon va ingliz tilllarida menyularni ko`paytirish, O`zbekistonning turizm salohiyatini targ`ib qilishda Yaponiyaning PR-kompaniyalari bilan hamkorlik qilish va h.k.
Shuningdek, 2020 yilda Tokio shahrida o`tkaziladigan Olimpiada o`yinlari davrida O`zbekistoning turizm salohiyatini targ`ib qilishga vatandoshlarni jalb etish va “O`zbekiston kuni” tadbirlarini tashkil etish masalalariga oid kelishuvga erishildi.






