AsosiySiyosat

Alkogol mahsulotlarining narxi o`zgaradi

'Alkogol mahsulotlarining narxi o`zgaradi'ning rasmi

Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko`rib chiqish to`g`risidagi qaror Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi (ro`yxat raqami 3188, 29.10.2019 y.) .

Qaror bilan alkogol mahsulotlari (pivodan tashqari) uchun yangilangan eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar belgilandi.

✅ Xususan, 2019 yil 1 noyabrdan 1 litr tayyor mahsulot uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narx tegishlicha:

👉 vino – 8600 so`m va 10200 so`m (ilgari 8000 so`m va 9600 so`m);

👉 konyak – 31 000 so`m va 36 600 so`m (ilgari 29 000 so`m va 34 600 so`m);

👉 aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar – 22 000 so`m va 26 000 so`m (ilgari 19 400 so`m va 23 200 so`m) etib belgilandi.

    Boshqa yangiliklar