AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda kadrlar almashinuvi davom etadi

'Qashqadaryoda kadrlar almashinuvi davom etadi'ning rasmi

2019 yil 28 oktyabr kuni Qarshi shahridagi “O`zbekneftgaz”AJ binosida topshiriqlarni joylardagi ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi, Energetika vaziri Alisher Sultonov tomonidan yig`ilish bo`lib o`tdi. Bu haqida “O`zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati xabar berdi 

Tizim rahbarlari ishtirokidagi yig`ilishda neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hamda ularni iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga etkazib berish prognoz ko`rsatkichlarining bajarilish holati tahlil etildi. 

Yig`ilish yakuniga ko`ra, muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi. 

Unga ko`ra, rejada belgilangan vazifalarni ijrosini o`z vaqtida ta`minlamagani uchun Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig`i B.Narziev egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Ushbu lavozimga Uglevodorodlarni qazib chiqarish departamenti boshlig`i R.Sherov tayinlandi. 

“O`zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisining qazib chiqarish bo`yicha o`rinbosari Alisher Mustafaev hamda Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig`i O.Orinbaev ishdagi kamchiliklari sabab qat`iy ogohlantirish oldi. 

«O`zbekneftgaz» AJ Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig`i K.Amonovga ushbu lavozimga yaqinda tayinlanganligi sabab yil yakuniga qadar qazib chiqarish ko`rsatkichlarini yanada oshirish talabi qo`yildi.

 

    Boshqa yangiliklar