AsosiyJamiyat

Endi tuman va OTMlar ma`lum bir sport turiga ixtisoslashtiriladi

'Endi tuman va OTMlar ma`lum bir sport turiga ixtisoslashtiriladi'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoalari tarkibiga sportchilarni saralab olish tizimini rivojlantirish to`g`risida Vazirlar Mahkamasi qarori muhokama uchun joylashtirildi.

Unga ko`ra:

Aholining qiziqishi va xohish-istaklaridan kelib chiqib, har bir tuman (shahar)  hamda oliy ta`lim muassasalari ma`lum sport turlariga ixtisoslashtiriladi; 

Iqtidorli sportchilar O`zbekiston milliy terma jamoalari tarkibiga saralanadi;

Sport turlariga ixtisoslashtirilgan tuman (shahar)larning ta`lim muassasalari o`quvchilari o`rtasida “maktab ligasi” hamda oliy ta`lim muassasalari talabalari o`rtasida “talaba ligasi” musobaqalarini tashkil etiladi.

Shuningdek,  Qaror loyihasida tuman, shahar va OTMlarni sport turiga ixtisoslashtirish bo`yicha asosiy vazifalar ham bergilab berilgan. 

 

    Boshqa yangiliklar