AsosiyJamiyat

Surxondaryoda yuz bergan YTHda ikki kishi halok bo`ldi

'Surxondaryoda yuz bergan YTHda ikki kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Shuningdek, joriy yilning 29 oktyabr kuni soat taxminan 00:45da Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Sharg`un MFY hududida “Kamaz” rusumli avtomobil yo`ldan chiqib ketishi oqibatida yo`l-transport hodisasi yuz bergan. Natijada 4 nafar fuqaro jarohatlangan.

Mazkur holat yuzasidan tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga zudlik bilan etib borgan. 1990 yilda tug`ilgan A.D. voqea joyida vafot etgan.1993 yil tug`ilgan N.A. ham birinchi tibbiy yordam ko`rsatilganiga qaramasdan vafot etgan.

Qolgan ikki nafar fuqaro: 1987 yil tug`ilgan A. D. “Bosh miya yopiq jarohati, tananing kompulaksion sinishi” tashxisi hamda 1990 yilda tug`ilgan N.G. “Bosh miya yopiq jarohati, chap chanoq peshona yuz, ikkala qo`l kaft va tizza sohalari ezilgan va shilingan jarohati” tashxisi bilan og`ir ahvolda Sariosiyo tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo`limiga yotqizilgan.

Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan ma`lumotlarga ko`ra, ularga zamonaviy davolash standartlari asosida tezkor va malakali tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar