AsosiyJamiyat

Svet o`chdimi? Operator go`shakni ko`tarmayaptimi? Unda quyidagi manzilga muojaat qilishingiz tavsiya etiladi

'Svet o`chdimi? Operator go`shakni ko`tarmayaptimi? Unda quyidagi manzilga muojaat qilishingiz tavsiya etiladi'ning rasmi

Elektr energiyasi bilan bog`liq muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, takliflarni izchil o`rganib, shu asosda tizimli ravishda chora-tadbirlar ko`rib borish maqsadida Telegram’dagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanali orqali aholi o`z murojaatlarini “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga yo`llashlari mumkin. Bu haqda jamiyatning Axborot xizmati "Darakchiga" ma`lum qildi. 

Yo`llangan murojaatlar shaxsan jamiyat boshqaruvi raisi nazoratida o`rganib chiqilib, batafsil javob qaytariladi va tez fursatlarda o`z echimini topadi.

Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ishga tushirilgan Call-Markazining 11-54 raqami yoki Telegram’dagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanali (👉 @hetmuloqot, @HET_admin) orqali ham o`z murojaatlaringizni yo`llashingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar