Xabaringiz bor, joriy yilning 22 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan sanoatni rivojlantirish, neft-gaz mahsulotlari ishlab chiqarish va iste`molchilarga muntazam etkazib berish borasidagi ishlar tahliliga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tgan edi. Bu haqda "O`zbekneftgaz"AJ Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu yig`ilishda davlatimiz rahbari tomonidan uglevodorod xomashyosini qazib olish va qayta ishlash hajmini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va eksportga yoqilg`ini uzluksiz etkazib berish, texnologik sarf-xarajat va yo`qotishlarni kamaytirishga alohida e`tibor qaratish zarurligi ta`kidlanib, zaruriy topshiriqlar berilgan edi.
2019 yil 28 oktyabr kuni Qarshi shahridagi “O`zbekneftgaz”AJ binosida ushbu topshiriqlarni joylardagi ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi, Energetika vaziri Alisher Sultonov tomonidan yig`ilish bo`lib o`tdi.
Tizim rahbarlari ishtirokidagi yig`ilishda neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hamda ularni iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga etkazib berish prognoz ko`rsatkichlarining bajarilish holati tahlil etildi.
Yig`ilish yakuniga ko`ra, muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Unga ko`ra, rejada belgilangan vazifalarni ijrosini o`z vaqtida ta`minlamagani uchun Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig`i B.Narziev egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Ushbu lavozimga Uglevodorodlarni qazib chiqarish departamenti boshlig`i R.Sherov tayinlandi.
“O`zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisining qazib chiqarish bo`yicha o`rinbosari Alisher Mustafaev hamda Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig`i O.Orinbaev ishdagi kamchiliklari sabab qat`iy ogohlantirish oldi.
«O`zbekneftgaz» AJ Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig`i K.Amonovga ushbu lavozimga yaqinda tayinlanganligi sabab yil yakuniga qadar qazib chiqarish ko`rsatkichlarini yanada oshirish talabi qo`yild






