O`zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov boshchiligidagi harbiy delegasiya Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi (MDH) ga a`zo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig`ilishida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga jo`nab ketdi.
Tashrif davomida O`zbekiston va Ozarbayjon mudofaa idoralarining rahbarlari ishtirokida ikki tomonlama uchrashuv o`tkazilishirejalashtirilgan. Uchrashuv davomida harbiy sohada ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi. Shuningdek, O`zbekiston va Ozarbayjon Mudofaa vazirliklari o`rtasida harbiy hamkorlik rejasining loyihasi ham imzolanishi kutilmoqda.
Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi (MDH) ga a`zo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig`ilishi ertaga, 30 oktyabr kuni Boku shahrida bo`lib o`tadi. Unda Rossiya Federasiyasi, Armaniston, Belarus, Qozog`iston, Ozarbayjon, Qirg`iziston, Tojikiston va O`zbekiston Respublikalarining mudofaa idoralari rahbarlari ishtirok etadi.
Eslatib o`tamiz, Mudofaa vazirlari kengashining bundan oldingi yig`ilishiga O`zbekiston mezbonlik qilgan edi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti






