Jizzax viloyatidagi avtomobil yo`li chetiga oppoq matoga o`ralgan qiz chaqaloqni qoldirib ketishibdi.
Hordiq.uz'ning yozishicha, uni «Neksiya» avtomobilida yo`ldan o`tib ketayotgan yo`lovchi ko`rib qolgan va darhol kasalxonaga olib borgan. Afsuski, vrachlar har qancha harakat qilmasin, chaqaloq olamdan o`tgan.
Hozirda ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilgan. Huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari chaqaloqning onasini qidirishmoqda.






