AsosiyJamiyat

Yuqorichirchiqda ayol va erkak tortishuvi odam o`limi bilan yakunlandi

'Yuqorichirchiqda ayol va erkak tortishuvi odam o`limi bilan yakunlandi'ning rasmi

 

Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida ayol va erkak o`rtasida kelib chiqqan tortishuv ayolning o`limi bilan yakun topdi. Bu haqida Bosh prokuratura darakchi.uzga ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, 2019 yil 24 oktyabr kuni tumandagi Nurli zamin mahallasida 55 yoshli Ravshan S. tanishi bo`lgan 42 yoshli yoshli Guli M. bilan o`zaro tortishib qoladi. Kelishmovchilik jiddiy tus olib, erkak oshxona pichog`i bilan ojiza tanasining turli qismlariga bir necha marotaba urib, qasddan o`ldirgan.

Ayni paytda Ravshan S. ushlangan va holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan unga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar