O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi holat yuzasida bayonot berdi.
Joriy yilning 28 oktyabr kuni soat 15-00larda Qo`qon shahar, Turkiston ko`chasida yashovchi N.G` (1967 y.t., tadbirkor) turmush o`rtog`i va 1 nafar o`g`li yashash uyida xona ichiga tarqalgan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






