AsosiyJamiyat

Bankdan kredit olishlarida federasiya yordam berdi

'Bankdan kredit olishlarida federasiya yordam berdi'ning rasmi

Ishsiz fuqarolarni ish bilan ta`minlash va yoshlarimizni tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishlariga  keng yo`l ochib berish masalasi bugunning muhim vazifasiga aylandi. 

Shunday imkoniyatdan unumli foydalanish maqsadida Uychi tuman  “Yuksalish” hamda “Yorqo`rg`on” MFY da yashovchi fuqarolar X.Ergasheva, G.Olimova, B.Jalilovlar  tijorat banki tomonidan berilayotgan 8 foizli imtiyozli kredit olish uchun 2019 yil avgust oyida xujjat topshirishgan. Lekin shu kungacha bank xodimlari tomonidan turli xil bahonalar ro`kach qilinib, kredit ajratilmagan. 

Bundan sarson bo`lgan fuqarolar Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasiga  yozma murojjat etib, ulardan amaliy yordam so`rashdi. Bu haqda jamiyat bo`lim boshlig`i Sherali Sattarov "Darakchi"ga ma`lum qildi.  

 Ushbu murojaat  Federasiya mutaxassislari tomonidan o`rganilib chiqilgan. O`rganish natijasida fuqarolar X.Ergasheva, G.Olimova, B.Jalilovlarga  tijorat bankidan  20 million so`mlik kreditlar o`z vaqtida ajratib berilishiga erishilgan.

    Boshqa yangiliklar