AsosiyJamiyat

25 nafar o`zbek Astraxanda qullikdan qutqarildi

'25 nafar o`zbek Astraxanda qullikdan qutqarildi'ning rasmi

O`zbekistonning Rostov-Don shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi xodimlari Astraxandagi 25 nafar o`zbekistonlikka yordam berishdi. Tashqi ishlar vazirligi bergan xabarga ko`ra, konsul Xo`jabahlil Asamov o`zbek diasporasi rahbari Bahodir Aminov bilan 25 nafar O`zbekiston fuqarolarining pasportlari ish beruvchi tomonidan olib qo`yilgani va ish haqi to`lanmagani to`g`risida ma`lumot olib Xarabali tumaniga boradi.

Ko`rilgan choralar natijasida hujjatlar qaytarilib, ish haqi to`langan. Ayni paytda yurtdoshlarimiz vatanga yuborilgan.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Shimoliy Kavkaz federal okrugi (Dog`iston Respublikasi, Ingushiya Respublikasi, Kabarda-Balkariya Respublikasi, Qorachoy Cherkasiya Respublikasi, Stavropol o`lkasi, Checheniston Respublikasi, Shimoliy Osetiya Respublikasi) va Janubiy federal okrugi (Adigeya Respublikasi, Astraxan oblasti, Qalmoq Respublikasi, Krasnodar o`lkasi, Volgograd oblasti, Rostov oblasti) hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolariga ular zarur holatlarda mamlakatning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tadi: +7-863-285-50-57.

Eslati o`tamiz, sal avval Namangan viloyati Uchqo`rg`on tumanida istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolarni aldab Qozog`iston Respublikasiga olib borishgani va fuqarolik pasportlari olib qo`yilib, ishlatilgani haqida xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar