"Joriy yilning 25-26 oktyabr kunlari Mirzo Ulug`bek nomidagi respublika matematika olimpiadasi o`tkazildi. Buxoro shahrida bo`lib o`tgan mazkur olimpiadada eng iqtidorli o`quvchilar ishtirok etib, o`z bilimlarini namoyon qildi.
Jumladan, hakamlar hay`ati tomonidan G`ijduvon tumanidagi 5-IDUMning 10-sinf o`quvchisi Diyorbek Tolipov 1-o`ringa munosib deb topildi. Shuningdek, Buxoro viloyati, BDU qoshidagi Qorako`l akademik liseyning 2-kurs o`quvchisi Shahboz Hasanov 2-o`rin hamda Peshku tumanidagi 18-maktabning 11-sinf o`quvchisi Jahongir Norboev 3-o`rinni egalladi.
G`olib o`quvchilar esdalik sovg`alari hamda diplom bilan taqdirlandi", - deya xabar beriladi Xalq ta`limi vazirligi rasmiy saytida.






