Hamisha abiturientlarga kerak bo`lgan eng muhim masalalarni batafsil berib boradigan huquqshunos Xushnud Xudoyberdiev, navbatdagi mish-mishlarga aniqlik kiritdi:
“Ayrim Telegram kanallarida kelgusi yili informatikaga aloqasi bor yo`nalishlarda informatika fanidan alohida blok qo`shilishi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabar qanchalik to`g`ri?
DTM vakillari bilan bog`lanib, ushbu masalaga oydinlik kiritdim. Ma`lum qilinishicha, kelgusi yilda informatika fani alohida blok bo`lishi haqidagi xabarlar noto`g`ri. Kelgusi yilda informatika fanidan savollar bo`lmaydi.
Unda nima uchun DTM saytida tasdiqlangan darsliklar ro`yxatida informatika fanidan ham darsliklar ko`rsatilgan?
Buning sababi shundaki, harbiy OTMlarda eski tartib haligacha saqlanib qolgan. Ya`ni harbiy yo`nalishdagi OTMlarda testda 36 ta savol tushadi, matematika blokidan 6 ta savol informatika fanidan bo`ladi. Shu sababli DTM saytida informatika fanidan ham darsliklar ro`yxati e`lon qilingan.
Agar Siz harbiy OTMga topshirmasangiz, unda ikkilanib o`tirmang, testda informatika fanidan savollar bo`lmaydi, deyishmoqda rasmiylar...” — deya mavzuga yakun yasalgan.






