AsosiySiyosat

Davlatlararo chegarani demarkasiya qilish bo`yicha O`zbekiston-Tojikiston muzokaralari bo`lib o`tdi

'Davlatlararo chegarani demarkasiya qilish bo`yicha O`zbekiston-Tojikiston muzokaralari bo`lib o`tdi'ning rasmi

2019 yilning 24-27 oktyabr kunlari Dushanbe shahrida O`zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasini demarkasiya qilishning tashkiliy-huquqiy masalalarini kelishish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi delegasiyalarining navbatdagi uchrashuvi bo`lib o`tdi.

 

Muzokaralar chog`ida O`zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasini demarkasiya qilishning normativ-huquqiy va texnik hujjatlari loyihalari hamda 2020 yildagi uchrashuvlarning reja-jadvali kelishib olindi.

Yuqorida ko`rsatilgan hujjatlarni tasdiqlash uchun Qo`shma demarkasiya komissiyasiga kiritish to`g`risida kelishuvga erishildi.

Tadbir yakunida O`zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo`yicha davlat qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari To`lqin Abdullaev va Tojikiston Respublikasi Er boshqaruvi va geodeziya davlat qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari Azizmamad Karimzoda uchrashuv Bayonnomasini imzoladilar.

Uchrashuv do`stona va hamjahitlik ruhida bo`lib o`tdi.

Kelishuvga ko`ra Qo`shma demarkasiya komissiyasining birinchi yig`ilishi O`zbekiston Respublikasi hududida o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar