AsosiyJamiyat

Xarbiylarmiz 2-bor Angliya musobaqasidan 1-o`rinni olib qaytdi

'Xarbiylarmiz 2-bor Angliya musobaqasidan 1-o`rinni olib qaytdi'ning rasmi

2019 yilning 6-21 oktyabr kunlari Buyuk Britaniyaning Brekon shahrida  qo`shin razvedkachilari o`rtasidagi “Kembriya patruli” xalqaro tanlovi bo`lib o`tdi va unda Mudofaa vazirligi jamoasi faxrli 1-o`rinni qo`lga kiritgan edi. Angliyada o`tkazilgan mazkur tanlovda 39 mamlakatdan jami 144 ta jamoa qatnashdi, O`zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi 9 bosqichdan iborat tanlovda ketma-ket ikkinchi bor 1-o`rinni egalladi. Bu xaqda Mudofaa vazirligining rasmiy kanalida ma`lumot berilmoqda.

– “Kembriya patruli” musobaqasida ikkinchi yili ishtirok etishim. To`g`risini aytsam, yildan-yilga tajribam oshyapti, – deydi mayor Sardor Matmurodov. – Musobaqaning boshqa musobaqalardan farqi  undagi shartlarni ikki sutka vaqt ichida marsh yurgan holatda bajarish kerak bo`ladi. Masofa 80 km.ni tashkil qiladi. GPS ishlatish mumkinmas. Faqat xaritaga qarab, kompas yordamida harakatlanish talab qilinadi. Yo`ldimizda uchragan har bir mayda detalni ko`zdan qochirmadik. Chunki bu jihat ham muvaffaqiyat uchun xizmat qilishini o`tgan yillardagi ishtirokimiz misolida yaxshi bilamiz. Natija esa biz kutgandek bo`ldi. Bugun mudofaa vaziri xizmatlarimizni  alohida e`tirof etganida, qalbimda kechgan hisni so`z bilan ta`riflab berolmayman. Mukofotlar, maqtovlar… Baribir yoqimli bo`larkan. O`sha damda Vatan himoyachisi, degan sharafga sazovor ekanligimdan g`ururlandim.

    Boshqa yangiliklar