AsosiyJamiyat

Yunusobodda 9 mlrd. so`m QQS to`lashdan bo`yin tovlagan tashkilot aniqlandi

'Yunusobodda 9 mlrd. so`m QQS to`lashdan bo`yin tovlagan tashkilot aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “W.T.” MChJ mansabdor shaxslari 2019 yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan import qilingan 61,1 mlrd. so`mlik yuqori likvidli mahsulotlardan 44,9 mlrd. so`mligini naqd pulga sotib, savdo tushumini bank muassasasiga kirim qilmasdan, 2019 yil 2-chorak yakuni bo`yicha hisobotlardan yashirib, byudjetga to`lanishi lozim bo`lgan qariyb 9 mlrd. so`m qo`shilgan qiymat solig`ini to`lashdan qasddan bo`yin tovlab kelganliklari aniqlangan.

Vaholanki, korxona mansabdor shaxslariga, bir oy muddat ichida soliq to`lovlarini byudjetga to`lashi lozimligi tushuntirilib, 5.10.2019 yilda rasman ogohlantirilgan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 184 va 189-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar