Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Mirzaev Zoyir Toirovich - Qashqadaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. Shuningdek, viloyat hokimining birinchi o`rinbosari Xurram Djo`raev Chiroqchi tumani hokimi lavozimiga o`tkazilgan edi.
Bugun Chiroqchi tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi. Yig`ilishda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Z.Mirzaev so`zga chiqdi. Tanqidiy-tahliliy ruhda o`tgan yig`ilishda tashkiliy masala ko`rildi. Shu kungacha viloyat hokimining birinchi o`rinbosari vazifasida ishlab kelgan Xurram Djo`raev Chiroqchi tumani hokimi etib tayinlandi.






