“Korean and migrations xususiy bandlik agentligi” MChJga berilgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyati bilan shug`ullanishga ruxsat etuvchi 0010-sonli lisenziya to`xtatildi. Bu haqida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi e`lon qildi.
“Korean and migrations xususiy bandlik agentligi” MChJ fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga joylashtirish yuzasidan ular bilan shartnoma imzolagan. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga xususiy bandlik agentligi fuqarolar oldidagi majburiyatlarini belgilangan muddatlarda bajarmagan to`g`risida ko`plab norozilik mazmunidagi murojaatlar kelib tushgan.
Shu munosabat bilan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi 725-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasidan tashqarida ishizlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo`yicha faoliyatni lisenziyalash tartibi to`g`risida”gi Nizomining 45-46-bandlariga muvofiq, “Korean and migrations xususiy bandlik agentligi” MChJ lisenziyasini to`xtatish to`g`risida qaror qabul qildi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining Koreya Respublikasidagi vaqtinchalik mehnat faoliyatini yo`lga qo`yish ikki davlat Mehnat vazirligi tomonidan imzolangan Anglashuv memorandumi asosida amalga oshiriladi. Unga ko`ra, E9 viza bilan . Koreya Respublikasida ishga joylashtirish xususiy bandlik agentliklari vakolatiga kirmaydi.
Mazkur xususiy bandlik agentligidan jabrko`rganlar bo`lsa, IIBBga murojaat qilish so`raladi.






