O`zbekiston va Xitoy ishbilarmon doira vakillariga 6 oygacha bo`lgan ko`p martalik viza beriladi. Bu haqida TIV matbuot xizmatining xabar bermoqda.
Keltirilishicha, O`zbekiston bilan Xitoy o`rtasidagi ishbilarmon doira vakillari uchun viza jarayonlarini soddalashtirish to`g`risidagi Bitim kuchga kirdi.
Bitimga ko`ra, har bir tomon 5 ish kuni ichida muddati 6 oygacha bo`lgan ko`p martalik ishbilarmonlik vizasi berishga majburdilar.
Bitimning to`liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.
Ma`lumot uchun: 2020 yil 1 yanvardan boshlab Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasi Gonkong maxsus ma`muriy hududi fuqarolari uchun belgilangan tartibda mamlakatimiz xalqaro aeroportlari orqali 7 kundan ko`p bo`lmagan muddatga vizasiz kirish tartibi belgilangan






