AsosiyDunyo

Guanchjouda yil oxirigacha havo taksilar xizmati yo`lga qo`yilmoqchi

'Guanchjouda yil oxirigacha havo taksilar xizmati yo`lga qo`yilmoqchi'ning rasmi

Xitoyning 15 million aholisiga ega Guanchjouda, joriy yil oxiriga qadar aviapark xizmati ochilishi mumkin. Bu haqida regnum.ru yozmoqda.

Xitoyning Hang kompaniyasi birinchi navbatda turistlarni, tibbiy tashkilotlarni va transport kompaniyalarini o`z mijozlari sifatida ko`radi. Ilgari kompaniya uchuvchisiz parvozlarni amalga oshirish uchun lisenziya olgan edi.

Guanchjou ma`murlari innovasion kompaniyaga aviakompaniyalar uchun qo`nadigan joylarni birgalikda qurishda ko`mak bermoqda.

Guanchjou – butun janubiy Xitoyning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazidir. Shu sabab havo orqali parvoz qilish shaharning an`anaviy yo`llarini buzishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar