AsosiyJamiyat

Oilaviy tadbirkorlikni moliyalashtirish 3 ta bankka topshirildi

'Oilaviy tadbirkorlikni moliyalashtirish 3 ta bankka topshirildi'ning rasmi

2020-yil 1-yanvardan boshlab dasturlar doirasidagi loyihalarni kreditlash Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasi bo`yicha ustuvor ravishda AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB orqali amalga oshiriladi. Bu haqida Xalq banki matbuot xizmati xabar qilmoqda. 
Mazkur tartib O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2019-yil 24-oktyabr kuni imzolangan "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori asosida amalga oshirilmoqda. 

Shuningdek, Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi 2019-yil 1-noyabrga qadar “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun AT Xalq banki ustav kapitalini 250 milliard so`mga oshirish uchun mablag`lar ajratadi.

    Boshqa yangiliklar