O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Toshkent shahar boshqarmasining ma`lumotiga ko`ra, 2020 yilning 1 yanvaridan O`zbekiston Respublikasida jamoat transporti uchun yagona to`lov tizimi joriy etiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu tizimning ishlash tamoyili qanday, chiptani qaerda va qanchaga olish mumkin bo`ladi?
Hajm jihatidan bank plastik kartochkasiga o`xshash aloqa tizimiga ulanmagan chipta yordamida O`zbekistonning barcha shaharlaridagi har qanday transport turida to`lovni amalga oshirsa bo`ladi. Chiptani 30 ming so`mga sotib olib, mobil telefondagi ilova yoki bank plastik kartochkasi orqali (shu jumladan, xalqaro to`lov tizimlari yordamida) mablag` bilan to`ldirib borish mumkin. Yangi metro bekatlaridagi turniketlar ushbu tizim joriy qilinishi uchun moslashtirilgan.
Chiptalar to`rt xil bo`ladi: pensionerlar, talabalar va o`quvchilar uchun, imtiyozli chipta hamda umumiy yagona transport chiptasi. Transportdan foydalanish uchun to`lov har bir hududda o`rnatilgan tarifga bog`liq bo`lib, yo`lovchilarning turli toifalari uchun imtiyoz va chegirmalar hisobga olinadi. Chiptalarda chipta egasining rasmi tushirilgan bo`lishi rejalashtirilgan va ular davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladi.
Transportda E-chiptadan qanday foydalaniladi?
Jamoat transporti safar uchun to`lovni o`zi echib oladigan hisob qurilmalari bilan ta`minlanadi. Yo`lovchi chiptani qurilmaga yaqinlashtirsa to`lov avtomatik ravishda echiladi.






