Buyuk Britaniya polisiyasi yuk mashinasidan 39 nafar muhojirning jasadlarini aniqladi. Mashinaning konteyneri muzlatkichli bo`lgan — tashish vaqtida harorat -25 darajagacha tushishi mumkin.
Britaniyaning Esseks grafligi polisiyasi 19 oktyabr kuni Bolgariyadan tashrif buyurgani taxmin qilinayotgan yuk mashinasida halok bo`lgan 39 nafar odamning jasadlarini aniqladi. Ulardan 38 nafari kattalar, bir nafari o`smir bo`lgan. Shimoliy Irlandiyaning 25 yoshli fuqarosi qotillikda gumon qilinmoqda, deya xabar qildi Novosti axborot agentligi.
Jasadlarning shaxsi hozircha aniqlangani yo`q, biroq polisiya ularning bolgarlar bo`lishi ehtimoli kam ekanini ma`lum qildi. Scania yuk mashinasi Bolgariyaning Verna shahrida Irlandiya fuqarosi bo`lgan ayol nomidan ro`yxatga olingan.
Buyuk Britaniya avtotashuvchilari uyushmasi rahbari Richard Bernett muhojirlarni tashigan yuk mashinasining konteyneri refrijeratorli bo`lganini ma`lum qildi. Uning ichidagi sharoit har qanday odam uchun dahshatlidir.
Uning so`zlariga ko`ra, muzlatilgan mahsulotlarni tashish vaqtida refrijerator ichidagi harorat -25 darajagacha tushishi mumkin.
Hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.






