Toshkent shahridagi o`rta ta`lim muassasalari xodimlariga oylik ustamalarini to`lash tartibi joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasida aytilgan.
Toshkent shahar hokimligi Moliya vazirligi va Xalq ta`limi vazirligi bilan birgalikda boshlang`ich sinflarda o`quvchilarning iqtidori va qobiliyatlarini yanada rivojlantirish, boshlang`ich ta`limning sifatini oshirish maqsadida 2020-2021 o`quv yilidan boshlab inklyuziv ta`limga jalb qilingan o`quvchilar mavjud bo`lgan barcha boshlang`ich sinflarga “assistent o`qituvchi” lavozimini joriy etadi va uning mehnatiga haq to`lash oliy ma`lumotli o`qituvchining bazaviy tarif stavkasining 0,75 baravariga tenglashtiriladi.
Toshkent shahar hokimligi Moliya vazirligi va Xalq ta`limi vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan Toshkent shahridagi umumiy o`rta ta`lim muassasalari xodimlari bazaviy tarif stavkalarining:
ikkinchi toifali o`qituvchi uchun 1,1 baravar;
birinchi toifali o`qituvchi uchun 1,25 baravar;
oliy toifali o`qituvchi uchun 1,5 baravar miqdorlarida qo`shimcha rag`batlantirish oylik ustamalarini to`lash tartibi joriy etiladi.






