AsosiyJamiyat

Farg`onadagi ommaviy zaxarlanish yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi

'Farg`onadagi ommaviy zaxarlanish yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy  bayonot berdi'ning rasmi

25 oktyabr kuni Farg`ona viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasining bergan xabariga ko`ra, Farg`ona shahar 9-sonli maktabgacha ta`lim muassasasida tarbiyalanayotgan 11 nafartarbiyalanuvchilar 23-24 oktyabr kunlari "o`tkir diareya" tashhisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan.

Shifoxonaga yotqizilgan tarbiyalanuvchilarda kuzatilayotgan xastalik aralash ovqatlanish natijasida kelib chiqadigan funksional buzilish tashxisi qo`yilgan.

Mazkur muassasa tarbiyalanuvchilariga 2019 yil yanvar oyidan buyon "Autsorsing" tizimi bo`yicha "Far G.T." xususiy korxonasi tomonidan mahsulotlar tayyorlanib kelingan. 

Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. 

Tekshirishda ommaviy zaharlanish holati haqidagi xabar o`z vaqtida berilmaganligi bo`yicha mutasaddi idoralarga xizmat tekshiruvlari taynlangan.

    Boshqa yangiliklar