Yaponiyaning Nagoya shahridagi markaziy bozorda “tenkafubu” navli xurmo ikki donasi 700 ming ienga (6,5 ming dollar) sotildi. Bu haqda RIA Novosti NHK telekanaliga asosan xabar qildi.
“Tenkafubu” nomini Yaponiya tarixidagi eng buyuk va mamlakatni birlashtirgan davlat arboblaridan biri hisoblangan Oda Nabunagi muxridagi yozuvdan olgan, bu xurmo ilk bor 2016 yilda sotuvga qo`yilgan edi.
U vaqtda uning maksimal narxi 320 ming ien (3 ming dollar) bo`lgan. Bir dona xurmoning og`irligi 300 gramm. “Tenkafubu” navini etishtirish uchun 11 yil ketgan.
Sotilgan xurmo tarkibida shakar Briks shkalasi bo`yicha 25 darajaga ko`p, oddiy xurmolarda esa shakar miqdori 15-16 darajani tashkil qiladi.
Xaridorning ismi oshkor etilmayapti.






