AsosiyJamiyat

O`qituvchilar uchun imtiyozli yo`l chiptalari chiqariladi

'O`qituvchilar uchun imtiyozli yo`l chiptalari chiqariladi'ning rasmi

Xalq ta`limi muassasalarida ta`lim sifatini oshirish bo`yicha «Toshkent tajribasi»ni joriy etish to`g`risida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokamaga qo`yildi.
Unga ko`ra, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Xalq ta`limi vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 yanvardan boshlab:

  • Toshkent shahridagi barcha oliy o`quv yurtlarining informatika va axborot texnologiyalari, pedagogika va psixologiya hamda umumta`lim fanlari (matematika, fizika, ximiya, biologiya va o`zbek tili kabi) kafedralarini umumiy o`rta ta`lim maktablariga (keyingi o`rinlarda «umumta`lim muassasalari» deb yuritiladi) biriktirsin va kafedraning professor-o`qituvchilari tomonidan maktab pedagoglari uchun haftada kamida bir marotaba mahorat darslarini o`tish tizimini;
  • Toshkent shahridagi umumta`lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan 3 ming nafarga yaqin ingliz tili o`qituvchilarining barchasini bir yil muddatda C1-CEFR darajasiga olib chiqish maqsadida O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti va boshqa oliy ta`lim muassasalarining xorijiy tillar kafedralari bittadan maktabni otaliqqa olib, reja asosida amaliy seminarlar, treninglar, «ochiq dars»lar, mahorat darslarini tashkil etishni yo`lga qo`yadi.

Shuningdek, Transport vazirligi Xalq ta`limi vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 yanvardan boshlab:

  • Toshkent shahrining markaziy ko`chalaridagi reklama stendlari, jamoat transporti va bekatlarda ijtimoiy reklamalar joylashtirish jadvalini ishlab chiqadi;
  • Toshkent shahar jamoat yo`l transportlarida harakatlanish uchun pedagoglarga imtiyozli «O`qituvchi» oylik yo`l chiptalarini joriy etadi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xalq ta`limi vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 iyundan boshlab Toshkent shahar umumiy o`rta ta`lim muassasalarida sog`lom ovqatlanishni tashkil etish, oshxona va bufetlarni ijaraga berish, tanlovlarni o`tkazish va g`oliblarni aniqlash Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi «Xalq ta`limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish ob`ektlari sifatini monitoring qilish bo`yicha injiniring kompaniyasi» davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda davlat ko`chmas mulk ob`ektlarini ijaraga berish bo`yicha savdolarni E-ijro auksion elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, Toshkent shahar hokimligi va Xalq ta`limi vazirligining 2021 yildan boshlab, Toshkent shahridagi tuman xalq ta`limi bo`limlari qoshida o`quvchilarda fundamental bilimlarni amaliy tajribalar asosida mustahkamlashga, ularni ilmiy ijodkorlik va mustaqil tadqiqotlarga yo`naltirishga qaratilgan yuridik shaxs maqomisiz STEAM laboratoriya markazlarini bosqichma-bosqich tashkil etish to`g`risida taklif berilgan.

    Boshqa yangiliklar