Yaponiyaning Iokagama shahrida o`tkazilgan qimmatbaho buyumlar ko`rgazmasida 50 karatli, 200 million ien, ya`ni 1,8 million AQSh dollarlik brilliant o`g`irlangan.
“TASS“ga tayanib berilgan xabarga ko`ra, ko`rgazma yakuniga etgach, qorovul eshikni yopishdan oldin ko`rgazma peshtaxtalaridan biridagi qimmatbaho tosh joyida yo`qligini ko`rgan.
Polisiya o`g`rilar kuzatuv kamerasiga tushmagani va ular noma`lumligini aytgan.
Gumon va taxminlar o`rganilmoqda.






