AsosiyJamiyat

O`zbekistonda vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlar ro`yxati tasdiqlandi

'O`zbekistonda vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlar ro`yxati tasdiqlandi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qaroriga muvofiq, fuqarolari uchun O`zbekistonda vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlar ro`yxati tasdiqlandi. Hujjatga ko`ra, quyidagi mamlakatlar bilan ikki tomonlama xalqaro shartnomalar va tenglik asosida ikki tomonlama vizasiz rejim o`rnatilgan. 

Cheklanmagan muddat: 

1. Ozarboyjon Respublikasi 

2. Gruziya 

3. Armaniston Respublikasi

 4. Belarus Respublikasi 

5. Qozog`iston Respublikasi 

6. Moldova Respublikasi 

7. Rossiya Federasiyasi 

8. Ukraina 60 kungacha:

 9. Qirg`iziston Respublikasi 30 kungacha: 

10. Avstraliya Ittifoqi 

11. Avstriya Respublikasi 

12. Argentina Respublikasi 

13. Bosniya va Gersegovina 

14. Vatikan 

15. Lyuksemburg Buyuk Gersogligi 

16. Vengriya 

17. Bruney-Dorussalom davlati 

18. Isroil davlati 

19. Gresiya Respublikasi 

20. Irlandiya 

21. Islandiya 

22. Italiya Respublikasi 

23. Kanada 

24. Andorra Knyazligi 

25. Lixtenshteyn Knyazligi 

26. Monako Knyazligi 

27. Belgiya Qirolligi 

28. Daniya Qirolligi 

29. Ispaniya Qirolligi 

30. Niderlandiya Qirolligi 

31. Norvegiya Qirolligi 

32. Shvesiya Qirolligi 

33. Latviya Respublikasi 

34. Litva Respublikasi 

35. Malayziya 

36. Mo`g`uliston 

37. Yangi Zelandiya 

38. Birlashgan Arab Amirliklari 

39. Portugaliya Respublikasi 

40. Bolgariya Respublikasi 

41. Indoneziya Respublikasi 

42. Kipr Respublikasi 

43. Koreya Respublikasi 

44. Malta Respublikasi 

45. Polsha Respublikasi 

46. San-Marino Respublikasi 

47. Serbiya Respublikasi 

48. Sloveniya Respublikasi 

49. Tojikiston Respublikasi 

50. Xorvatiya Respublikasi 

51. Chili Respublikasi 

52. Ruminiya 

53. Singapur 

54. Slovakiya Respublikasi 

55. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi 

56. Turkiya Respublikasi 

57. Braziliya Federativ Respublikasi 

58. Germaniya Federativ Respublikasi 

59. Finlyandiya Respublikasi 

60. Fransiya Respublikasi 

61. Chernogoriya 

62. Chexiya Respublikasi 

63. Shveysariya Konfederasiyasi 

64. Estoniya Respublikasi 

65. Yaponiya 66. Antigua va Barbuda 

67. Barbados 

68. Beliz

 69. Grenada 

70. Dominika Respublikasi 

71. Meksika Qo`shma Shtatlari 

72. Gvatemala Respublikasi 

73. Gonduras Respublikasi 

74. Kosta-Rika Respublikasi 

75. Kuba Respublikasi 

76. Nikaragua Respublikasi 

77. Panama Respublikasi 

78. Trinidad va Tobago Respublikasi 

79. El-Salvador Respublikasi 

80. Sent-Vinsent va Grenadin 

81. Sent-Lyusiya 

82. Bagama Orollari Hamdo`stligi 

83. Dominikana Hamdo`stligi 

84. Sent-Kits va Nevis Federasiyasi 

85. Yamayka  7 kundan ko`p bo`lmagan:  

86. Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma`muriy hududi. 

Izoh: 1. Ikki tomonlama xalqaro shartnomalar va tenglik asosida Ozarbayjon Respublikasi, Gruziya, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog`iston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federasiyasi, Ukraina, Qirg`iziston Respublikasi (60 kungacha) va Tojikiston Respublikasi (30 kungacha) bilan ikki tomonlama vizasiz rejim o`rnatilgan.

 2. Ushbu Izohning 1-bandida ko`rsatib o`tilmagan qolgan mamlakatlarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi tomonidan bir tomonlama tarzda 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy qilingan. 

3. Vizasiz rejim yuqorida sanab o`tilgan mamlakatlarning fuqarolariga, ularning safar maqsadlaridan qat`i nazar O`zbekiston Respublikasiga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan barcha toifadagi pasport (diplomatik, xizmat va umumfuqarolik) egalariga nisbatan qo`llaniladi. Mamlakatga kirish uchun shaxs amaldagi milliy pasport yoki xorijiy mamlakatlarga safar vaqtida qo`llaniladigan, uning o`rniga o`tadigan, amal qilish muddati vizani rasmiylashtirishdan kamida 6 oyni tashkil qilishi kerak bo`lgan boshqa hujjatga ega bo`lishi kerak. Vizasiz rejim ko`rsatib o`tilgan mamlakatlar hududida doimiy yashaydigan, fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga nisbatan qo`llanilmaydi. 30 kunlik va 60 kunlik vizasiz rejim O`zbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o`tgan vaqtdan boshlab amalga kiradi va uning tugashiga qadar xorijiy fuqaro respublikadan chiqib ketishi kerak. O`zbekiston Respublikasida 30 yoki 60 kundan ko`p bo`lish zarurati holatlarida xorijiy fuqaro ushbu qarorga 4-ilovada bayon etilgan, O`zbekiston Respublikasiga kirish vizalari toifalarining birini unga rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni topshirishi kerak. 

4. Ro`yxatda 66 dan 85 gacha ko`rsatib o`tilgan mamlakatlar fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim 2020 yil 1 yanvardan belgilanadi. 

5. Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma`muriy hududi fuqarolari uchun mamlakatning xalqaro aeroportlari orqali ko`pi bilan 7 kun muddatga O`zbekiston Respublikasiga kirishning vizasiz rejimi O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlarining bo`linmalariga yo`lovchilar to`g`risida dastlabki ma`lumotlarni o`z vaqtida taqdim qiluvchi tashuvchining qaytuvchi aviachiptasi mavjud bo`lganda 2020 yil 1 yanvardan belgilanadi”.

    Boshqa yangiliklar