AsosiyJamiyat

Milliy gvardiyachilar "Mehribon yurak" aksiyasida qatnashdi

'Milliy gvardiyachilar "Mehribon yurak" aksiyasida qatnashdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchi va xodimlari "Mehribon yurak" xayriya aksiyasida qatnashmoqda.

Yurak xastaligiga chalingan yoshlarni davolashga qaratilgan mazkur aksiya joriy yilning 23 oktyabr kuni Navoiy viloyatida o`tkazildi. Aksiya doirasida Navoiy shahri bo`ylab  yurish marafoni bo`lib o`tdi. Unda Navoiy viloyati Milliy gvardiya boshqarmasining harbiy xizmatchi va xodimlari ishtirok etdi.

Shuningdek, mazkur xayriya aksiyasida harbiy xizmatchi va xodimlar marafoni qatnashchilarining xavfsizligini ta`minlash va jamoat tartibini saqlashda o`z xizmat burchlarini bajardi.

Milliy gvardiya matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar