AsosiyJamiyat

Urganch tumani 2-MTTdagi holat yuzasidan dastlabki o`rganish bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi

'Urganch tumani 2-MTTdagi holat yuzasidan dastlabki o`rganish bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi'ning rasmi

Joriy yilning 24 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Urganch tumani 2-sonli maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyachisi S.S. o`zi rahbarlik qiladigan guruh tarbiyalanuvchilariga nisbatan kuch ishlatayotgani aks etgan video keng ommaga tarqatilgan. Bu haqda ilgari xabar bergan edik.

Ayni kunda ushbu holat Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan nazoratga olindi. MTT kuzatuv kameralaridagi mavjud videotasvirlarni bolalarga nisbatan qo`llanilgan noqonuniy xatti-harakatlar bo`yicha dalil sifatida tegishli huquq tartibot idoralariga qonuniy chora ko`rish uchun taqdim etish maqsadida, videokuzatuv kamerasi xotirasi saqlanuvchi xona muhrlandi.

Holat yuzasidan to`la ma`lumot yig`ish maqsadida bugun 25 oktyabr kuni soat 16:00da Urganch tumanidagi 2-son bog`chada tarbiyalanayotgan bolalarning ota-onalari, MTT Kuzatuv kengashi a`zolari, viloyat prokuraturasi, kasaba uyushmasi, ichki ishlar idorasi vakillari ishtirokida umumiy yig`ilish o`tkazilishi belgilandi. Yig`ilish videotasvirga olinadi.

Ushbu holat bo`yicha tarbiyachiga nisbatan qonuniy chora ko`rilishini so`rab Urganch tumani prokuraturasiga murojaat qilinishini bildirib o`tamiz. Holat yuzasidan o`rganish ishlari olib borilmoqda va uning borishi bo`yicha barcha tafsilotlar keng jamoatchilikka taqdim etiladi.

Maktabgacha ta`lim vazirligi axborot xizmati

    Boshqa yangiliklar