Adolat demokratik partiyasi saylov oldi dasturlarida pasport tizimi, “propiska” masalalarini hal etish muammosi ham o`rin olganini ma`lum qildi.
Shuningdek, mavjud pasport olish tizimidagi o`zgarishlarni amalga oshishida ham mazkur partiya taklif va tashabbuslari inobatga olingan.
Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati anjumanlar zalida ekspertlar, barcha siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida “Davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarda siyosiy partiyalar ishtirokining dolzarb masalalari” mavzusidagi davra suhbatida qatnashayotgan Adolat sosial demokratik partiyasi vakili, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Olim Sulaymonov ma`lum qildi.






