AsosiyJamiyat

Xo`jaylida majburan paxtaga chiqarilgan o`qituvchilar ishi o`rganildi

'Xo`jaylida majburan paxtaga chiqarilgan o`qituvchilar ishi o`rganildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xo`jayli tumanida o`qituvchilari paxa terimiga majburan chiqarilgani xaqida maqola chop etildi. Ushbu holatga Xalq ta`limi vazirligi aniqlik kiritdi.

Xo`jayli tumani Xalq ta`limi bo`limiga qarashli umumiy o`rta ta`lim maktablari o`qituvchilari 17 oktyabrdan paxa terimiga majburan chiqarilgani xaqida xabar Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan o`rganilganda quyidagilar ma`lum bo`ldi:

Mazkur holat joriy yilning 19 oktyabr kuni Xo`jayli tuman prokuraturasi va tuman bandlikka ko`maklashish markazi mutaxassislari ishtirokida o`rganilgan bo`lib, o`rganish jarayonida tuman hokimining o`rinbosari Q.Seytmuratov, tuman Xalq ta`limi bo`limi boshlig`i K.Fayzullaeva hamda bo`limga qarashli mavjud 42ta umumiy o`rta ta`lim maktablari direktorlaridan batafsil tushuntirish xatlari olingan. Umumta`lim maktablari direktorlari o`z tushuntirish xatlarida biror-bir shaxs ularni paxta terimiga yoki boshqa turdagi majburiy mehnatga jalb qilmaganliklarini bayon qilishgan. 

Shuningdek, tuman Xalq ta`limi bo`limi boshlig`i K.Fayzullaeva o`z tushuntirish xatida umumiy o`rta ta`limi maktablarining 2213nafar o`qituvchilari tomonidan belgilangan dars soatlari muntazam ravishda uzluksiz o`tib kelinayotganligini, haftaning Shanba va Yakshanba kunlari umumta`lim maktablarining texnik xodimlari ixtiyoriy ravishda, qo`shimcha daromad topish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.09.2019 yilgi "2019 yil paxta hosilini yig`ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 752-sonli qarorga asosan tuman Bandlikka ko`maklashish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqishayotganligini bayon qildi.

Mazkur holat yuzasidan Xo`jayli tumani hokimining o`rinbosari Q.Seytmuratov bilan gaplashilganda u tumanda yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlarga mas`ul ekanligini bildirdi va joriy yil paxta mavsumi avvalgi yillardan farq qilib, majburiy emasligini, aksincha, ixtiyoriy qo`shimcha daromad topishga qaratilganligi bilan ajralib turishi haqida tuman hokimligining rasmiy telegram, instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlari orqali e`lon berganligini, biroq 2019 yilning 17 oktyabr kunida hech qanday yig`ilish o`tkazmaganligini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar