AsosiyJamiyat

Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o`rinbosar tayinlandi

'Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

2019 yilning 22 oktyabr kuni Surxondaryo viloyati hokimligida faollar yig`ilishi o`tkazildi.

Unda viloyat hokimi To`ra Bobolov, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, hokimlik apparati mas`ul xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Yig`ilishda tashkiliy masala ko`rildi. Amirov Alisher Xurramovich Sherobod tumani hokimi etib tasdiqlanishi munosabati bilan shu kungacha O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tasarrufidagi “Import kontraktlar ekspertizasi markazi”ning qurilishda loyiha oldi texnik topshiriqlar va tender hujjatlari ekspertizasi boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlab kelgan Suvonqulov Ahmad Xudayshukurovich viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo`jalik masalalari bo`yicha o`rinbosari etib tayinlandi.

Ma`lumot o`rnida, Suvonqulov Ahmad Xudayshukurovich 1968 yilning 7 noyabrida Jarqo`rg`on tumanida tug`ilgan. 1994 yilda Toshkent davlat texnika universiteti, 2009 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. 

Uzoq yillik faoliyati davomida Surxondaryo viloyati hokimligida kotibiyat mudiri, viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori, Sho`rchi tumani hokimining birinchi o`rinbosari, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Investisiya boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari va boshqa mas`uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Sessiyada so`zga chiqqanlar hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mavjud imkoniyat va resurslardan samarali foydalanish yo`lida hamjihatlik bilan mehnat qilib, ko`zlangan marralarga erishish zarurligini alohida ta`kidladilar.

 

    Boshqa yangiliklar